Vadim Abramov: Birinchi davra biz uchun tushunarsiz o‘tdi

Superliga 13-turidan o‘rin olgan So‘g‘diyona – Dinamo (4:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Hammangiz ko‘rdingiz. Biz birinchi bo‘limga kiyinish xonasini o‘zidayoq gol o‘tkazib yuborgan xolda chiqdik. Vaholanki, ikkita imkoniyatga ega bo‘ldik. Raqib futbolchisi deyarli maydon markazidan boshlab hammani aldab o‘tishni boshladi. Men uzoqdan Leo Messi deb o‘ylab qoldim. Himoyachilar uni kuzatib, tomosha qilib turibdi. Bunday o‘ynab bo‘lmaydi. O‘zimiz imkon yaratdik, ammo darrov javob berdik. Keyin yana ahmoqona xatolar sababli gol o‘tkazib yubordik. Biz uchun yoqimsiz bo‘lsa-da, g‘alaba bilan raqibni tabriklayman. Bundan kerakli xulosalarni chiqaramiz. Bugun barcha kuchsiz tomonlarimiz ko‘zga tashlandi. Tanaffus paytida, kerakli choralarni qo‘llaymiz. Biz ham buni ko‘rib turibmiz. Vaqt ko‘rsatadi.

Albatta, darvozabon 4 gol o‘tkazib yubormqoda. Bizni qo‘llab yuborishi mumkin edi, ammo bunday bo‘lmadi. Ayniqsa to‘rtinchi golda bu yaqqol ko‘zga tashlandi. Futbolda qoida bor. Himoyachi to‘p uchun kurashayotganda darvozabon o‘z pozitsiyasida bo‘lishi lozim. U bizga yordam bermoqchi edi. U birinchi bo‘limda ham bir necha bor to‘pga chiqishda xato qilgan edi.

Bizning rejamizda umuman gol o‘tkazib yuborish yo‘q edi. Afsuski, futbolchilarimiz o‘yin boshida uyqudan tura olmadi. Juda osonlik bilan raqiblar ikkita gol kiritishdi. Birinchi bo‘limni o‘zidayoq gol kiritib hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi, ammo eplay olmadik. Ikkinchi 45 daqiqalikda vaziyat tenglashdi, ammo uchinchi golni o‘tkazgach, keraksiz bo‘lgan shoshqaloqlik namoyish etdik. Umuman, noto‘g‘ri o‘yin ko‘rsatdik. Hammasini tomosha qilib, xulosa qilamiz. Birinchi davra biz uchun juda tushunarsiz o‘tdi.

Payqaganingizdek, Jurani juda katta hajmdagi ishni maydonda bajarmoqda. Biz unga maydonda yordam berishga qodir futbolchilarni tarkibga qo‘shib olishimiz lozim. Keling, oldinlab ketmaylik. Uning shartnomasi bor. Bir dona o‘yin hech narsani anglatmaydi. Bugun, maydonda o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchilar keyingi bahslarda yaxshi ishtirok etishi mumkin. Shu bois, erta xulosa chiqarmaslik lozim.

mib
uzcard
cola
apex
bmb