Ilyos Qurbonov: Raqib bugun har jabhada ustun bo‘ldi

Superliga 5-turidan o‘rin olgan Metallurg – Olimpik (1:4) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Qurbonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Birinchi davrani oxirida barcha futbolchimizda charchoq sezildi. Nasaf bilan bellashuvdan so‘ng tiklana olmadik. Qo‘shimchasiga, tezkor ikkita gol o‘tkazib yubordik. O‘yinga gol urib qaytdik, ammo raqib javob berdi. Tezkor gollar rejalarimizni buzib yubordi. Tan olish lozim, raqib bugun har jabhada ustun edi. O‘tgan safar aytganimdek, bizga so‘nggi nuqtani qo‘yadigan sifatli hujumchi yetishmayapti. Yaratgan vaziyatlarimizni golga aylantirganimizda, hammasi boshqcha bo‘lishi mumkin edi.

Biz Surxon va Nasafga qarshi himoyadan turib qarshi hujumga o‘tish rejasi asosida to‘p tepgan va bu ish bergan edi. Bugun 3 ochko uchun harakat qilgan edik. Shu bois, yuqoriroqda harakat qildik. Raqib juda ko‘p imkoniyatga ega bo‘ldi. Yigitlardagi charchoq ta’sir qildi.

Ikkinchi davrada variantlar bor. Hali, aniqlashtirganimiz yo‘q. Shunga qaramay, o‘ylashimcha yangi futbolchilar olib kelinadi. Hozircha, bor e’tiborimiz kubokdagi Surxon bilan o‘yinga qaratilgan. O‘sha bahsdan so‘ng, bu savolga aniq javob berishimiz mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb