Superliga-2024. Klublar mavsumni qaysi stadionda boshlashi aniq bo‘ldi

Liga Superliga stadionlari sifatini yaxshilash yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi. Shundan kelib chiqib, 2024-yilgi mavsum startida ayrim klublar o‘z uy arenasida uchrashuvlar o‘tkaza olmaydi. 

Ehtimoliy Superligaga qaytishi mumkin bo‘lgan Dinamo’ning 2024-yilgi mavsum Samarqand shahrida o‘ynay olmasligi o‘tgan yilning 11-aprel sanasida rasman ma’lum qilingandi. Qizilqum’ning Navoiyda rasmiy o‘yinlarni qabul qila olmasligi esa 16-mart kuni bildirilgan. Shunday asos bilan Bekoboddagi stadionda Superliga o‘yinlarini o‘tkazish to‘xtatilgan. Termizdagi stadion esa yangi mavsum startiga tayyor bo‘lmaydi. 

Shuningdek, Liga Lokomotiv klubini 2024-yilgi mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab stadioni Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmasligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Toshkentdagi Paxtakor stadionida ham deyarli shunday holat bo‘lib, futbol klubini oldinda kutayotgan ehtimoliy o‘zgarishlardan kelib chiqib, stadionga nisbatan sanktsiya kiritiladi. 

Ma’lumki, 2023-yilgi mavsumda OKMK, Bobur arena, Bunyodkor, Jar, So‘g‘diyona kabi stadionlar maysasi to‘la yangilandi. 2024-yilda Dinamo va Surxon arena ular safiga qo‘shilishi rejalashtirilgan. Navoiy va Bekobod shahridagi stadionlarning kelgusi rejasi qanday ekanligi borasida aniq axborot hozirgacha yo‘q. 

Superliganing 2024-yilgi mavsumiga qur’a tashlash uchun Liga 14 klub mavsumni qaysi arenada boshlanishini aniqlab olishi kerak edi. Bu yo‘lda Liga o‘tgan yilgi mavsum nihoyasiga yetishi bilan harakat boshlagan bo‘lib, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra stadioni talabga javob bermasligi aniq bo‘lgan klublar 10-yanvarga qadar bu muammoni hal qilishi belgilab qo‘yilgandi.

Endilikda Olimpik mavsumning dastlabki uch turini Jar stadionida o‘tkaza olmaydi. O‘FA rejasiga ko‘ra, martning birinchi yarmida Jar OFK musobaqasiga mezbonlik qiladi. Shuning uchun Olimpik mavsumni Bunyodkor’da boshlaydi. 

Stadioni mavsum uchun qabul qilinmagan Dinamo Jizzaxda, Qizilqum esa Buxoroda o‘ynaydigan bo‘ldi. Bunda klub muxlislarining o‘yinlarga tashrifi masalasi ham inobatga olindi. 

Surxon arena’ni mavsumning ikkinchi yarmidan boshlab ishga tushirish rejalashtirilgan. Unga qadar klub Paxtakor bilan bir arenadan foydalanishda davom etadi. Metallurg esa OKMK uyidan foydalanib turadi. 

Liga tez orada Superliganing yangi mavsumiga qur’a tashlanadigan sanaga oydinlik kiritadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb