“Metallurg” sentyabrdan boshlab uy o‘yinlarini Olmaliqda o‘tkazadi

Liga reja asosida professional futbol klublari uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan arenalarning sug‘orish va drenaj tizimlari, projektor, maysalarini talab darajasiga keltirishda davom etadi. 2023-yilgi mavsum davomida Jizzax, Andijon, Olmaliq shaharlaridagi stadionlar qayta foydalanishga topshirildi. Ayni vaqtda Termiz shahridagi stadionda qurish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda. 

Endilikda Bekoboddagi stadionga navbat etib keldi. O‘tgan yilning mart oyida Liga hamda O‘zmetkombinat rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan hamda mazkur masala muhokama qilingandi. Bekobodda respublikadagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri ishga tushirilgan bo‘lib, mazkur holat futbol klubi ishni poydevor qo‘yishdan boshlaganligini anglatadi. Klub uchun navbatdagi qadam stadion maysasi va projektorlarini yaxshilash, shuningdek, Bekobod shahridagi qator futbol maydonlariga ishlov beruvchi texnika harid qilish bo‘ladi. 

Shundan kelib chiqib, “Metallurg” sentyabr oyidan boshlab o‘z uy uchrashuvlarini Olmaliq shahridagi OKMK stadionida o‘tkazadi. Yuqoridagi ishlar amalga oshirilganidan keyin futbol klubi Bekobodga qaytadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb