ChL. “Paxtakor” uy uchrashuvlarini “Bunyodkor” stadionida o‘tkazadi

Paxtakor stadioni tribunalari bilan bog‘liq muammo haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra stadion sektorlarining katta qismi xavfsizlik chorasi sifatida yopilgan.

Shundan kelib chiqib, Paxtakor Chempionlar ligasining guruh bosqichi uchrashuvlarini Bunyodkor stadionida o‘tadi. Guruh bosqichi 18-sentyabr kuni start oladi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 24-avgustda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

P.S. Chempionlar ligasida O‘zbekistonning 4 ta klubi ishtirok etishi, biroq ularning qaysi sanada qaerda o‘ynashi, hatto qaysi turni uy yoki safarda o‘tkazishi ham ma’lum emasligidan kelib chiqib, Liga Coca-Cola Superliganing sentyabr, oktyabr va noyabr oylari uchun taqvimini faqatgina 24-avgustdan keyin shakllantirishi mumkin bo‘ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb