O‘zbekiston Coca-Cola kubogi. Final chiptalari 25-oktyabr kuni sotuvga chiqadi

30-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” va “Nasaf” klublari o‘rtasidagi O‘zbekiston Coca-Cola kubogining final o‘yini 17:00 da start oladi. O‘yinoldi tadbirlar mazkur havolada ko‘rsatib o‘tilgan. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi final chiptalari savdosi shaffofligini ta’minlash maqsadida iTicket bilan hamkorlik qiladi. Chiptalar 25-oktyabr — seshanba kunidan boshlab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bunda chiptalar onlayn hamda offlayn tarzida sotuvga qo‘yiladi. 

Nominal mezbon sifatida harakatlanuvchi “Navbahor” klubi muxlislariga 12, 13, 14 va shu ketma-ketlikda klub logotipi ko‘rsatilgan sektorlardan chipta xarid qilish tavsiya etiladi. Nominal mehmon hisoblanuvchi “Nasaf” klubi muxlislari esa 6, 7, 8 va jamoa logotipiga yaqinroqda joylashgan qolgan sektorlarni tanlash tavsiya etiladi. 9, 11, 10A hamda 10B sektorlar chiptalari Buxoro shahrining o‘zida neytral muxlislar uchun savdoga chiqariladi. Stadionning VIP maydonlariga tutash sektorlar uchun chiptalar savdosi onlayn amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Qashqadaryo hamda Namangandan tashrif buyuruvchi futbol muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida chiptalar “Nasaf” va “Navbahor” stadioni kassalari orqali ham sotuvga chiqarilishi mumkin. O‘zPFL har ikki klubni iTicket bilan bog‘lash orqali bunga erishishni maqsad qilgan. Ya’ni, klublar o‘z muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida yuqorida tavsiya etilgan sektorlar chiptalarini iTicket yordamida o‘z stadionlariga chaqirtirishi mumkin bo‘ladi. 

Futbol muxlislaridan chiptalar masalasiga jiddiy yondashish so‘raladi. Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda O‘zPFL hamda iTicket futbol muxlislariga final uchrashuvini mavjud reglament hamda qonun-qoidalardan chetlashmagan tarzda kuzatib borish lozimligini eslatib o‘tadi. Chiptalarda QR-code borligini inobatga olgan holda sotib olingan chiptalar begona shaxslar qo‘liga tushishi yoki mazkur chiptalarni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish tavsiya etilmaydi. 

Final chiptalari CIP sektorlar uchun 75 000 so‘mdan sotiladi. Shuningdek, toifasiga qarab 35 000, 30 000 hamda 25 000 so‘mlik chiptalar savdosi amalga oshiriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb