O‘zbekiston Coca-Cola kubogi. Final oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

30-oktyabr kuni O‘zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuvi Buxoroda bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. “Navbahor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bellashuv 17:00 da start olishi haqida avvalroq xabar berilgandi. Final chiptalari qay tariqa sotilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar biroz keyinroq e’lon qilinadi. 

29-oktyabr kuni har ikki klub finalga mezbonlik qiladigan stadionda rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Nominal mehmon sifatida “Nasaf” futbol klubining mashg‘uloti 17:00 da start oladi. 50 daqiqalik mashg‘ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi. Nominal mezbon sifatida “Navbahor” 16:00 da mashg‘ulotga kirishadi va uning ham dastlabki 15 daqiqasiga jurnalistlar tashrif buyurishi mumkin. 

Soat 18:00 da “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda ikki yetakchi futbolchi ishtirokida matbuot anjumani start oladi. 18:30 dan boshlab “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z futbolchilari bilan OAV savollariga javob qaytaradi. Matbuot anjumaniga Buxorodagi Sahid Zarafshon mehmonxonasi mezbonlik qiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb