O‘zbekiston Coca-Cola kubogi finali soat 17:00 da start oladi

Kecha — 14-oktyabr kuni O‘zbekiston Coca-cola kubogi finalining ikkinchi ishtirokchisi ham aniqlandi. 30-oktyabr kuni Buxoro mezbonlik qiladigan hal qiluvchi o‘yinda Qarshining “Nasaf” hamda Namanganning “Navbahor” klublari o‘zaro to‘qnash keladi. 

O‘zbekiston Professional futbol ligasi final uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Futbol muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida yil uchrashuvi dam olish kuniga rejalashtirilgan. Yarim final o‘yinidan keyin Buxoroga safar etishni maqsad qilgan minglab futbol muxlislari bor. Ular chipta yoki mehmonxona masalasini rejalashtirayotganda final uchrashuvi soati muhim hisoblanadi. Shundan kelib chiqib hal qiluvchi o‘yin 17:00 da start olishini ma’lum qilamiz.

Finaloldi tadbirlar rejasi keyinroq ma’lum qilinadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb