Bugun. OChL. "Nasaf" - "Al Vasl" (BAA). O`yin 18:00da boshlanadi

 

Bugun, Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda Osiyo Chempionlar Ligasi 2-tur uchrashuvlari doirasida “Nasaf” BAAning “Al Vasl” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvni Avstraliyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi.

“Nasaf” (O`zbekiston) – “Al Vasl” (BAA)

OChL-2018. “S” guruhi, 2-tur.

20 fevral. Qarshi shahri,  “Markaziy” stadion.

Hakamlar: Jillet Jared, Bichem Eshli, Rayan Gallaxer (barchasi Avstraliyadan).

Zaxira hakami - Sivakorn Pu-Don (Tailand).

Nazoratchi - Rustam Yusuf Mirzo (Saudiya Arabistoni).

Komissar - Erik Vu (Avstraliya).

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Guruhdagi ikkinchi o`yinda "Al Sadd" o`z maydonida "Persepolis"ni qabul qiladi. Mazkur o`yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30ga belgilangan. 

 

Xabaringiz bor, birinchi turda "Nasaf" Eronda "Persepolis"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi, “Al Sadd” esa "Al Vasl"ni 2:1 hisobida mag`lub etgandi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb