O‘zbekiston futzalining eng yaxshilarini taqdirlash marosimiga taklif etamiz

Liga tomonidan o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining so‘nggi tur uchrashuvlari ertaga — 21-maydan e’tiboran Yunusobod sport majmuasida start oladi. 23-may kuni chempionatning yakunlovchi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. 

17:00 da start oladigan so‘nggi uchrashuvga OAV vakillari hamda futzal muxlislarini taklif etamiz. Bellashuvdan so‘ng mamlakat chempioni, vitse-chempioni hamda bronza medali sohiblari taqdirlanadi. Shuningdek, mavsum yulduzlari, eng yaxshi futzalchi va murabbiylar o‘z sovrinlarini qabul qilib oladi. 

Futzal muxlislariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Liga ular ishtirokida o‘ziga xos lotereya tashkil etishni rejalashtirgan. Siz Yunusobod sport majmuasiga 17:00 gacha tashrif buyurib, majmuaga kirishda bepul raqamli chiptani qo‘lga kiritish imkoniyatiga egasiz. O‘yin yakunida esa chipta raqamingiz omadli chiqsa, 5 ta changyutgich, 5 ta televizor yoki 5 ta velosipeddan birining egasiga aylanishingiz mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb