OChL: “Zob Ahan” (Eron) - “Lokomotiv”. O`yin Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi

 

 

Bugun Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Eronning Isfaxon shahrida mahallaiy  “Zob Ahan” jamoasiga qarshi OChL guruh bosqichining ikkinchi tur o`yinini o`tkazadi.  Eronga charter yo`nalishi orqali safarga otlangan vakillarimiz orasida birgina braziliyalik Nivalda joy olmadi, sababi u avvalgi o`yinda chap oyog`i mushagini cho`zib olgani sabab bu safar jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.

Milliy chempionatida “Persepolis”dan keyin ikkinchi o`rinda borayotgan “Zob Ahan” O`zbekiston jamoalaridan “Paxtakor” va “Bunyodkor” bilan o`zaro to`rt bor to`qnash kelgan va o`z maydonida kechgan barcha uchrashuvlarda g`alaba qozongan. “Lokomotiv” OChLda Eronning uchta  klubiga qarshi kurash olib borgan – “Fulad”, “Sepaxon”, “Istiqlol”, ammo “Zob Ahan”ga qarshi birinchi bor maydonga tushishi.

Har ikkala jamoa birinchi turda ikki hil natija qayd etgan. “Zob Ahan” safarda Qatarning “Al Duhayl” klubidan mag`lub bo`lgan, “Lokomotiv” esa o`z uyida BAAning “Al Vaxda”sini yirik hisobda enggan.

Kecha bo`lib o`tgan matbuot anjumanida har ikkala jamoa bosh murabbiylari o`yinni jiddiy, shiddatli o`tishi va har ikkalasi ham faqat g`alaba uchun maydonga tushishini aytishgan...

 

"Zob Ahan" (Eron) – "Lokomotiv" (O`zbekiston)

OChL. "B" guruhi. 2-tur.

Isfahon, Eron. "Fuladshahr" stadioni

Hakamlar: Fu Ming, Huo Veiming, Vang Deksin (barchasi Xitoydan).

To`rtinchi hakam - Masud Tufaylieh (Suriya)

Nazoratchi - Kadhum Auda Lazim Al Saidi (Iroq)

Komissar - Anvarul Huq (Bangladesh).

 

O`yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb