Tojikiston “Istiqlol”i Toshkentda, O`zbekiston “Istiqlol”i esa O`shda

 

 

Superliganing iqtisodiy jihatdan baquvvat klublari xalqaro o`rtoqlik uchrashuvlarini asosan xorijda tashkil etilgan yig`inlari doirasida o`tkazishi odat tusiga kirgan. Boshqa klublar esa iqtisodni tejash maqsadida raqib sifatida mahalliy jamoalar bilan til topishadi.  Shunday vaziyatlar bo`ladiki, yurtimizga xorijiy klublarning o`zlari tashrif buyurishmoqda yoki jamoalarimizning o`zlari katta mablag` talab etmaydigan yaqin davlatlarga safar etishib, o`sha erning kuchli klublari bilan nazorat o`yinlarini o`tkazmoqdalar. Shundaylardan biri o`tgan yili birinchi ligani ikkinchi o`rin bilan yakunlagan Farg`onaning “Istiqlol” jamoasi qo`shni Qirg`iziston davlati O`sh shahrining “Oloy” jamoasi bilan safarda o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi. Unda farg`onaliklar kichik ustunlikka ega bo`lishdi. Uchrashuvning ikkinchi bo`limida «Oloy» jamoasi darvozasiga gol kiritib, 0:1 hisobida g`alabaga erishishdi.

 

Farg`onaning “Istiqlol” jamoasi Qirg`izistondan qaytgan bir paytda yurtimizga Tojikistonning “Istiqlol” klubi tashrif buyurgan. Dushanbeliklar mamlakatimizda bir haftalik o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazishi jarayonida qator o`rtoqlik uchrashuvlari uyushtirish bo`yicha klublarimiz bilan kelishib ham qo`ygan. Rejaga ko`ra belgilangan o`yinlar:

18 fevral

«Istiqlol» - «Qo`qon-1912»

20 fevral

«Istiqlol» - «So`g`diyona»

 21 fevral

«Istiqlol» - «Oqtepa»

23 fevral

«Istiklol» - «Qizilqum»

25 fevral

 

«Istiqlol» - «Surxon».

mib
uzcard
cola
apex
bmb