FIFA va OFK mutaxasisslari yurtimizga tashrif buyuradi

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, futbolni rivojlantirish va ommaviyligini oshirish borasida xorijlik mutaxassislarning tajribasidan unumli foydalanish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA hamda OFK prezidentlari bilan uchrashuv chog`ida malakali mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish va ularning maslahatlari asosida ishlarni to`g`ri yo`lga qo`yish borasida kelishuvga erishgandi.

Ana shu kelishuvga asosan FIFA hamda OFK mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurishadi. Dastlab, 22 fevral kuni FIFAning Mintaqaviy futbolni rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibbaniy Toshkentga keladi. U FIFAning FORWARD loyihasi bo`yicha O`FA xodimlari bilan ish olib boradi. Shuningdek, Essam Al-Suhibbaniy O`FAning moliya bo`limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o`z maslahatlari bilan o`rtoqlashadi.

 

Bajarilgan ishlarni tahlil qilib, yangi loyihalar bo`yicha tegishli ko`rsatmalar beradi, Texnik bo`limning muammolari, ularning echimlari haqida fikr almashadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb