Samvel Babayan: 7 ta durangdan bir marta 0:3 hisobida yengilish yaxshiroq

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Andijon – Navbahor (3:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Albatta, bizni o‘yini oqlaydigan so‘zni topish juda mushkul. Birinchi navbatda, muxlislarimiz oldida ko‘rsatilgan o‘yin va natijalarimiz uchun uzr so‘rayman. Aqlbovarqilmas ishlar bo‘lmoqda. Vaziyatlardan foydalana olmayotganimiz, ruhan o‘z kuchimizga ishonchsizlikni keltirib chiqarmoqda. Futboldagi eng muhim omil sanalgan yakunlashni eplay olmayapmiz. Xatto, penaltidan gol kirita olmayapmiz. Agar razm solib qarasak, tarkibimizda tajribali futbolchilar bor. Bugungi o‘yinga to‘liq tayyorgarlik ko‘ra olmadik. Shunga qaramay, barcha ishni qildik. Birinchi bo‘limda vaziyatlar yaratyapmiz, gol kirita olmayapmiz. Ular bizni qarshi hujumda ushlashdi. Andijonni g‘alaba bilan tabriklayman. Qanday olib qaralmasin, birinchi davra endi yakunlandi. Natijani shu yilning o‘zidayoq qilishimiz mumkin. Yaqin kunlar ichida jamoa rahbariyati bilan kelishib olamiz.

Bunday vaziyatlarda darrov barcha kimgadir to‘lanmagan pullar va ichki muhit haqida fikr bildiradi. Klub o‘z vazifasini mukammal bajarmoqda. Hech kimdan qarzimiz yo‘q. Kollektivda atmosfera yaxshi. Rahbariyat bizga ishonadi. Ular bizga yordam berishga harakat qilmoqda. Ochiq aytaman. Bizga ijrochilar mahorati yetishmayapti. Futbolda eng qiyini gol kiritish. Ko‘p jamoalar to‘p nazoratiga suyangan xolda, o‘yin falsafasiga ega ekanligini aytadi, ammo yakunda 9-10-o‘rin bilan chegaralanadi. Muammo nimada? Futbolda eng qiyini raqib darvozasini ishg‘ol qilish. Birinchi bo‘limda 2 ta vaziyat yaratdik. Nikabadzega imkoniyat berdik va u gol kiritishi kerak edi. U yomon o‘ynmadi, so‘nggi nuqtani qo‘ya olmadi. Faqat to‘p kiritmayapmiz xolos. Qolgan hammasi Navbahorda yaxshi.

Ochiq aytadigan bo‘lsa, o‘ylab qo‘ygan rejalarimiz bor. Shunga qaramay, oldindan nimadir deya olmayman. Bu mish-mishlar xolos. Hech qanday braziliyalik futbolchi bilan kelishuv yo‘q.

Menimcha, bir marta 0:3 hisobida yengilish 7 ta durangga imzo chekkandan yaxshiroq. Ochiqchasiga aytsak, barcha aspektlarda raqiblardan yaxshiroq ko‘rinmoqdamiz. Biz eng muhimi sanalgan – gol urishni uddalay olmayapmiz. So‘nggi 5 bahsda xatto penaltidan to‘p kirita olmadik. Bugun, bizni darvozamiz oldidagi barcha vaziyatlar golga aylanmoqda. Menimcha, buni yengib o‘tishimiz kerak. Muhim qarorlarni qabul qilishimiz kerak. Kadrlar borasidagi muammoni hal qilishimiz kerak. Men bo‘lsam ham, bo‘lmasam ham. O‘yinda farqni yuzaga keltiradigan shaxslar kerak. Natijaga erishish uchun sifatli futbolchilar kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb