Ilyos Zeytullayev: Oltinga teng o‘yin bo‘ldi

Superliga 12-turidan o‘rin olgan Bunyodkor – Olimpik (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Nima ham deya olaman. Bugun, jamoamga oxirgacha g‘alaba qozonishimizga ishonishdi. Afususki, biroz boshqacharoq bo‘lib chiqdi. Bu oltinga teng bahs bo‘ldi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, ikki kishi kam bo‘lib harakat qildik. O‘z-o‘zidan ortga chekinishga majbur bo‘ldik. Juda zich mudofaa chizig‘ini tashkil etdik. Bu murabbiylar shtabining mehnati deya olmayman. Yigitlar bor kuchi bilan harakat qildi. Bu g‘alabani qo‘ldan chiqarganimizdan afsusdaman, biroq agar 11 ga 11 to‘p surganimizda hammasi boshqacha bo‘lar edi.

Mahamadjonov bilan hech narsa sodir bo‘lgani yo‘q. Futbolchi ruhan o‘zini topib olishi kerak. Balki, bu olimpiya terma jamoasidan chaqiruv olmagani bilan bog‘liqdir. U juda ham iqtidorli futbolchi. Buni mutaxassis sifatida aytyapman. U hali yosh. Hammasi uning o‘ziga bog‘liq. Xotirjam tarzda mashg‘ulotlarda davom etish kerak.

Odamlar biz qanday qiyinchiliklardan o‘tayotganimizni bilmaydi. Men hozir qo‘limdagi futbolchilar haqida o‘ylayman. Biz bugun 9 kishi bo‘lib ham og‘ir o‘yinni olib chiqishni uddaladik. Transferlar masalasidagi savollarni rahbariyatga berganingiz to‘g‘ri bo‘ladi. Hozircha, menda hech qanday reja yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb