Jamshid Saidov: Superliganing birorta o‘yini oson o‘tmayapti

Superliga 11-turidan o‘rin olgan Qizilqum – Andijon (3:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Andijon qanday o‘yin namoyish etishini bilar edik. Afsuski, 10 kishi bo‘lib qolgan raqibni yenga olmadik. 3 ta qarshi hujumni o‘tkazib yubordik. Andijonning zaxira o‘rindig‘idan uchrashuvga qo‘shilganlar biznikidan farqli o‘laroq, o‘yinni kuchaytirib berdi. Bugun, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarni ishonchini oqlay olmadik. Hech narsa deya olmayman. Juda alam qildi.

Hali hamma narsa boy berilgani yo‘q. Oldinda o‘yinlar ko‘p. Bu masalani klub rahbariyati hal qiladi. Chempionatdagi barcha jamoalar oxirigacha jang qilmoqda. O‘yinlar qanday og‘ir o‘tayotganini o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Shu sababli, bu masalada boshqa hech narsa deya olmayman.

Barchasini vaqt ko‘rsatadi. Rahbariyat transfer taqiqi muammosini bartaraf etadi, degan umiddaman. Hali vaqt yetarli. Katta ehtimol bilan, hammasini hal qilamiz.

Shahboz Jo‘rabekov mavsum boshida juda yaxshi taassurot qoldirayotgan edi, ammo oxirgi o‘yinlarda... Men ham buni tushuna olmayapman. Bugun ham zahiradan o‘yinga qo‘shilib, tempni oshirib bera olmadi. Vaholanki, raqib 10 kishi bo‘lib qolgan edi. Xatolar ketma-ketligi sababli 3 ta qarshi hujumni o‘tkazib yubordik.

Har qanday xolatda hammasi yaxshi bo‘lsa yangi transferlarni amalga oshiramiz. Kimlar bilandir xayrlashamiz. Bizga yangi qon kerak. Transfer oynasi ochilishi bilan tarkibni kuchaytiramiz. Bu normal xolat. Barcha jamoalar singari biz ham faol bo‘lishga intilamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb