Fevzi Davletov: Tanaffusdan so‘ng o‘yinimiz yomonlashdi

Superligada 9-turidan o‘rin olgan Lokomotiv – Surxon (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ikkala jamoa ham bugun g‘alaba qozonishni istadi. Murabbiylar shtabidagi o‘zgarish Lokomotivga ijobiy ta’sir qilgani sezildi. Shu sababli bizga biroz qiyin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda raqib darvozasi oldida vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi taymda esa xatolar ko‘p bo‘ldi. Buni esa tahlil qilib chiqishimiz zarur.

Dinamo va Bunyodkorga qarshi bahslar singari oddiy xatolar ko‘p kuzatildi. To‘pni yo‘qotdik va futbolchilar asabiylasha boshladi. O‘ylashimcha, bu ruhiyatga bog‘liq.

Sultonmurodov hozir boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadigan formada emas. Nimeli asta-sekin jamoaga qo‘shilib bormoqda. Tezroq uni o‘tgan yilgi sport formasiga qaytishini istaymiz va bunga harakat qilyapmiz.

Darvozamizdan to‘p olib chiqqunimizga qadar bo‘lgan 30 daqiqalikni juda yomon o‘tkazdik. Shu sababli, durangni adolatli natija bo‘ldi, deya olaman.

mib
uzcard
cola
apex
bmb