Maksim Shatskix: Birinchi bo‘limdayoq ikkita to‘p kiritishimiz zarur edi

Superliga 9-turidan o‘rin olgan Paxtakor – Qizilqum (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Biz raqibga qaraganda ko‘proq vaziyat yaratdik. Bugun ayrim futbolchilarimizning o‘z o‘rinlarida o‘ynashmagani sababli biroz qiynaldik. Aslida birinchi bo‘limning o‘zidayoq ikkita to‘p kiritishimiz kerak edi. Dinamo bilan bahsda ham shunday bo‘lgan edi. Qizilqum butun taym davomida bir bor aniq zarba yo‘lladi va shu ham gol bo‘ldi. Himoyada ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar yetarli. Ammo, meni Paxtakor kuchsiz vaqtida ham undan hamma cho‘chiyotgani xursand qilmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb