O‘zbekiston Superkubogi-2024: 28-may kuni o‘yinoldi rasmiy tadbirlar o‘tkaziladi

O‘zbekiston Superkubogi-2024 uchrashuviga sanoqli kunlar qoldi.

29-may kuni Bunyodkor stadioni mamlakat Superkubogi bahsiga mezbonlik qiladi. Amaldagi chempion Paxtakor va kubok sohibi Nasaf o‘rtasidagi super uchrashuv oldidan 28-may kuni o‘yinoldi rasmiy tadbirlar tashkil etiladi.

 

O‘yinoldi rasmiy tadbirlar ketma-ketligi

28-may, seshanba

18:00 Paxtakor rasmiy mashg‘uloti

18:30 Nasaf matbuot anjumani

19:00 Nasaf rasmiy mashg‘uloti

19:20 Paxtakor matbuot anjumani

 

OAV vakillariga qulaylik yaratish maqsadida barcha rasmiy tadbirlar Bunyodkor stadionida o‘tkaziladi. Har ikki jamoa rasmiy mashg‘ulotining dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq tarzda o‘tadi.

Barcha turdagi OAV vakillarini O‘zbekiston Superkubogi-2024 o‘yinini bevosita voqea joyidan yoritishga chorlaymiz!

O‘zbekiston Superkubogi-2024 uchrashuvi 29-may kuni Bunyodkor stadionida soat 19:00 da start oladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb