O‘zbekiston Superkubogi uchun chiptalar 25-may kuni sotuvga chiqadi

29-may kuni soat 19:00 da O‘zbekiston Superkubogi uchun bellashuv start oladi. Mamlakat chempioni sifatida Paxtakor va kubogi sohibi sifatida Nasaf jamoalari ketma-ket to‘rtinchi bor Superkubok uchun kurashadi. 

Liga uchrashuv chiptalari masalasida odatga ko‘ra iTicket bilan hamkorlik qiladi. Chiptalar 4 toifaga ajratilgan bo‘lib, CIP sektor chiptalari 100 ming so‘m etib belgilangan. Shuningdek, joylashuviga qarab 50, 30, 25 ming so‘mlik chiptalar mavjud. 

Ertaga — 25-may kunidan boshlab chiptalarni iTicket.uz sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin. 27-may kuni esa Bunyodkor stadioni kassalari Chilonzor hamda Mirzo Ulug‘bek metro bekatlari yaqinida ochiladi.

Paxtakor klubi faollari 3B sektordan, Nasaf klubining yetakchi muxlislari esa 3E sektordan joy olishi ko‘zda tutilgan. Futbol muxlislari o‘z sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun suratda aks etgan sektorlarga e’tibor qaratishlari so‘raladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb