Birinchi liga. Xorazm FAga texnik mag‘lubiyat yozildi

Birinchi liga 6-turidan o‘rin olgan Zomin – Xorazm FA uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgandi. Biroq, o‘yin komissarining bildirgisiga ko‘ra, Xorazm FA jamoasi texnik mag‘lubiyatga loyiq ko‘rildi.

Xorazm FA jamoasi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan futbolchini zaxiradan maydonga tushirgani sababli Birinchi liga reglamentining 8.7-bandiga muvofiq jamoaga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat, Zomin klubiga esa 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb