Coca-Cola Students cup sovrindorlarini tashkilotchilar sovg‘asi kutadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Ichki ishlar vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Coca-Cola Students cup musobaqasi 29-aprel kuni start oladi. Unda poytaxt hamda Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari jamoalarining ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 

Ikki yil avvalgi musobaqada bo‘lgani kabi joriy mavsumda ham sovrindorlar qatoridan joy olgan jamoalar talabalarini sovg‘alar kutadi. Musobaqa nizomi bo‘yicha har bir ishtirokchi jamoa 12 nafar talaba, bir nafardan murabbiy hamda jamoa uchun javobgar shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shundan kelib chiqib, 14 nafar ro‘yxatdagi shaxs ehtimoliy muvaffaqiyat uchun rag‘batlantiriladi.

Coca-Cola Students cup musobaqasini kuchli uchlikda yakunlagan jamoaning har bir a’zosiga velosiped taqdim etiladi. 2-o‘rin sohiblarini Smart televizorlar, g‘oliblarning har birini esa noutbuk kutadi. Shuningdek musobaqa to‘purari uchun maxsus sovrin bor. 

Liga ishtirokchi jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagan bo‘lib, bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb