Jamshid Saidov: Hamma o‘yinlarni safarda o‘ynayapmiz

O‘zbekiston Superligasi 5-turida safarda “So‘g‘diyona”ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgan “Qizilqum” klubi ustozi Jamshid Saidov mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

Raqib birgina vaziyatini golga aylantirdi. Biz o‘yinni nazorat qildik, ammo, raqib himoyasi bugun bizga imkon bermadi. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarni xursand qila olmadik.

Mezbonlar butun o‘yin davomida himoyalandi, biz ko‘proq hujum qildik. Ammo, vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Gol urishni uddalay olmadikmi, demak raqib himoyachilari yaxshiroq o‘ynagan.

Biz deyarli hamma o‘yinlarda safarda o‘ynayotgandekmiz. Boisi, o‘zimizning stadionimiz yo‘q. Bunga ko‘nikishimiz kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb