Birinchi ligada 26 ta jamoa ishtirok etadi. Ertaga qur’a

Kecha — 1-aprel kuni Birinchi liganing 12 ta jamoasi O‘zbekiston kubogining saralash o‘yinlarida ishtirok etdi. Endigi navbat Birinchi liga musobaqasiga etib keldi. 

Joriy mavsum Birinchi ligada 26 ta jamoa ishtirok etadi va ular mamlakat geografiyasidan kelib chiqib, ikki mintaqaga ajratib olinadi. Sharqiy mintaqani vodiy va Toshkent jamoalari to‘ldirdi. Sirdaryodan boshlab janubiy va g‘arbiy sarhadlar jamoalari ikkinchi mintaqadan joy olgan. 

Har ikki mintaqa jamoalari uy-safar tizimida umumiy hisobda 24 tadan o‘yin o‘tkazadi. Yakunda eng kuchli to‘rttadan umumiy 8 ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Markazlashgan tartibda o‘tkaziladigan pley-off orqali musobaqa g‘olibi nomiga oydinlik kiritiladi.

Birinchi liganing yangi mavsumiga ertaga — 3-aprel kuni qur’a tashlanadi. Jarayon 13:00 dan boshlab Liga rasmiy sahifalari orqali jonli efirga olib chiqiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb