Fevzi Davletov: Muammolarimizni bilamiz

Superliga 4-turidan o‘rin olgan Navbahor - Surxon (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yinning jiddiyligini va bizni muhim o‘yin kutib turganini bilardik. Shu bois turnir jadvalidagi holatimizdan kelib chiqqan holda uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Navbahorning muxlislari o‘z jamoasini astoydil qo‘llab-quvvatlab oldinga chorlashini ham bilardik. Natijada bizga katta bosim bo‘ldi. Albatta, mana shunday bosim bo‘lishini yigitlarga tushuntirdik. Shunga yarasha yigitlardan butun uchrashuv davomida bosimga dosh berishlarini va har bir pozitsiyada ishonchliroq to‘p surishlari muhimligini tayinladik. Darvozamiz oldida esa to‘pni uzoqlashtirishga harakat qildik. Bundan tashqari, gol urishga harakat qildik va hatto ikkita gol urishga erishdik. Afsuski, hisobni ushlab qola olmadik. Navbahorni jim qarab turmasligini va hujumlar uyushtirishini sezgandik. Ular uzun paslar orqali o‘ynashdi. Bu jabhada bizga qiyinchiliklar tug‘dirishdi. Havodagi to‘p uchun kurashlarda ko‘proq mag‘lub bo‘ldik. Negaki, futbolchilariiz bo‘ydor emas. Navbahor o‘yinchilari esa bo‘ydor. 

Bizda muammolar mavjud. O‘yinimizda aynan qanaqa muammolar borligini bilamiz. Bularni hal qilyapmiz. Albatta, muammolardan biri himoya chizig‘i. Krimetsdan umidimiz katta edi. Afsuski, o‘tgan safar diskvalifikatsiyaga uchradi. Himoyada u asosiy tayanchimiz edi. Himoyadagi muammolar bizga pand berib qo‘ydi. Agar xatolar bo‘lmaganida natija ham boshqacharoq bo‘lardi.
Albatta, Surxonda kelajak bor. Bu esa futbolchilarga ham bog‘liq. Ularga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatib beryapmiz, bu hujumkor futbol. Jamoamizda yaxshi kelajak bor va bu borada ishlashda davom etamiz. Yigitlarimizga yo‘nalish beryapmiz va ularga Yevropa chempionati o‘yinlarini ko‘rsatyapmiz. Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Namanganga uzoq yo‘l bosib kelishdi. 

Oldingi matbuot anjumanlarida ham aytgandim, maqsadimiz o‘tgan yilgi natijani bu yil ham takrorlash.

mib
uzcard
cola
apex
bmb