O‘zbekiston kubogi. 26 jamoa musobaqani guruh bosqichidan boshlaydi

Avvalroq Superliga va Proliga klublari guruh bosqichida ishtirok etishi xabar qilingandi. Shuningdek, 2023-yilgi mavsum Birinchi ligada ishtirok etgan Sementchi, Lokomotiv-BFK, Jayxun va Jizzax jamoalari ham musobaqani guruh bosqichidan boshlaydi. 

Qolgan 6 jamoa nomiga saralash o‘yinlari orqali aniqlik kiritiladi. Saralashda kimlar, qanday tartibda ishtirok etishi masalasida tez kunda alohida ma’lumot taqdim etiladi. Liga saralash bellashuvlarini mart oyi so‘ngida Toshkent shahrida o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Saralash bellashuvlari g‘oliblari bir guruhdan o‘rin olmasligi ta’minlanadi. Ya’ni, ular mos ravishda dastlabki olti guruhdan joy oladi. Saralashning o‘ziga esa alohida qur’a tashlanadi. Guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadigan jamoalar esa hech qanday savatlarsiz qur’a orqali guruhlarga joylashtiriladi.

Guruh bosqichiga bugun Sport-TV jonli efirida qur’a tashlanadi. Shuningdek, 2024-yilgi final o‘yiniga mezbonlik qiluvchi stadion nomiga ham bugun oydinlik kirtiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb