O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida har jamoa 3 tadan o‘yinda maydonga tushadi

Ertaga — 21-mart kuni O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. Unda 32 jamoa 8 guruhga ajratilishi ma’lum. 

Guruhlarda har bir jamoa 3 tadan o‘yinda maydonga tushadi. Bellashuv qaysi maydonda o‘tishi masalasi quyidagi format orqali aniqlab olinadi. Ya’ni, birinchi va ikkinchi tartib raqamda chiqqan jamoalar 2 tadan bellashuvni o‘z maydonida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uch va to‘rtinchi raqiblar esa aksincha, 2 tadan safar o‘yinida ishtirok etadi. 

Superliga va Proliga maydonlari bo‘yicha muammo yo‘q. Birinchi liga klublarining uy uchrashuvlari masalasi qur’adan keyin hal etiladi. Ya’ni, talab darajasida bo‘lmagan maydon boshqasi bilan almashtiriladi.

mib
cola
apex
bmb