Fevzi Davletov: Surxon o‘tgan yilgi natijani takrorlashi kerak

O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasida o‘tkazilgan Surxon – Paxtakor (0:3) uchrashuvi yakunlangach mezbonlar ustozi Fevzi Davletov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildiradi.

O‘yin haqida nima deyman? O‘yinning boshidayoq raqibga gol urishga imkon berdik. Vaziyatni tenglashtirishga harakat qildik, ammo ikkinchi taym boshida yana gol o‘tkazib yubordik. O‘zimiz raqibga imkoniyatlar yaratdik.

Barchasi konsentratsiya bilan bog‘liq. O‘yin boshida konsetratsiyani yo‘qotdik. Futbolchilarga bunday xato qilmaslikni takror uqtirgan bo‘lsakda, bunday xatolarga yana yo‘l qo‘ydik. Ayniqsa, ilk 10-15 daqiqalikda raqib bosimiga turib berishimiz kerakligini aytgan edik. Ammo, bu rejamiz ish bermadi.

Jamoa o‘tgan mavsumdagi natijalarni takrorlashni reja qilgan. Kamida o‘tgan mavsumdagi natijani takrorlash kerak. Maqsadimiz, albatta undanda yuqori o‘rinlarni egallash

Albatta, hali jamoa yangi futbolchilarni jamoaga jalb etadi. Jamoani kuchaytirish kerak. Murabbiylar shtabi bilan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ishlaymiz. Murabbiylik oson emas, ammo ish bor joyda qiyinchiliklar bo‘ladi, albatta.

mib
uzcard
cola
apex
bmb