Liga vakili OFKda malaka oshiradi

Qit’aning turli assotsiatsiya hamda ligalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tajribasini oshirish va OFK ish faoliyatini yaqindan tanishtirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan Bilimlar almashinuvi dasturida o‘zbekistonlik mutaxassis ishtirok etadi. 

Liga Klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov OFK qarorgohida malaka va tajriba oshirish o‘tamoqda. Mazkur dastur doirasida Liga mutaxassisi qit’a futbol konfederatsiyasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, OFKning Musobaqalar va futbol tadbirlari boshqarmasi ishini o‘rganmoqda. 

OFK vakillari futbol boshqaruvi, musobaqalarni tashkil etish hamda uchrashuvlarni o‘tkazish bo‘yicha o‘z tajriba hamda bilimlari bilan bo‘lishmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb