Vesko Steshevich: Mavsumni bir ochko bilan boshladik

Superliga 1-turidan o‘rin olgan Lokomotiv – Metallurg (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Afsuski, g‘alabani saqlab qola olmadik. Bunda majburiy o‘zgarishlar ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Chempionatni bir ochko bilan boshladik. Menimcha, yomon harakat qilmadik.

Mezbonlar ham ikkita, biz ham ikkta to‘p kiritdik. Shunday ekan, natija adolatli. Ammo, o‘yin jihatdan raqibdan ustunroq harakat qildik.

O‘rinboyev tezroq safga qaytishini juda ham istaymiz. Biroq, avval tiklanishi lozim. Ishonamanki, oy so‘nggida tarkibga qaytadi. U faqat futbolchi sifatida emas, sardor sifatida ham bizga juda ham zarur.

So‘nggi 10 daqiqalikda nega sustkashlikka yo‘l qo‘yganimiz menga ham qiziq. Buni futbolchilardan albatta so‘rayman.

Jorjevich bundan yaxshi harakat qilishi mumkin edi. Ammo, bu uning debyut bahsi. Biz uning baland bo‘yidan standart vaziyatlarda foydalanishni maqsad qilganmiz.

Asosiy maqsadimiz mavsumni o‘tgan yilgidan yaxshi o‘tkazish. Biroq yuqorida ta’kidlaganimdek, tarkibimizda ko‘plab yo‘qotishlar mavjud.

 

mib
cola
apex
bmb