Ivan Boshkovich: Boshqacha natija kutgan edik

Superliga 1-turidan o‘rin olgan So‘g‘diyona – Neftchi (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bugun boshqacharoq natija kutgandik. Albatta, mag‘lubiyatga uchrash yoqimsiz. O‘yin ancha qiziqarli kechdi. Raqib kuchliroq edi. Uyda o‘ynaganda bunday gollar o‘tkazish yaxshi emas. Raqibga imkoniyat berdik va ular bundan foydalanishdi. Neftchi darvozamiz oldida deyarli vaziyatlar yaratmadi, ammo minimal imkoniyatlarini golga aylantira olishdi.

Xatolarni tahlil qilamiz va keyingi bahslarda bunday xatolar qilmaslikka intilamiz. Hali mavsum endi boshlandi. Kimning imkoniyati qanday ekanligini baholashga erta.

mib
uzcard
cola
apex
bmb