Timur Kapadze: O‘yin amaliyoti yo‘qligi pand berdi

Superliga 1-turidan o‘rin olgan Nasaf – Olimpik (2:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ancha vaqtdan buyon o‘yin amaliyoti yo‘qligi sezildi. Nasaf esa OFK Chempionlar ligasi doirasida ikkita bahsda maydonga tushib ulgurgan edi. Mag‘lubiyatdan hech kim qanoat hosil qilmaydi. Bu bahsdan xulosa chiqaramiz.

To‘g‘ri, ikki himochi va bir hujumchimiz jamoamizga yordam bera olmadi. Ammo, ularning o‘rnida harakat qilganlar ham yomon o‘yin ko‘rsatishmadi.

Abdurasulov so‘nggi umid foli sifatida qayd etilgan qoidabuzarlik sabab maydondan chetlatildi. Balki, joy tanlashda adashmaganida bu holat yuzaga kelmas edi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb