Ilgiz Tantashev boshqargan uchrashuvlar 2023-yilda eng yaxshi statistika qayd etdi

2023-yilgi mavsumda Superliga uchrashuvlarini jami 29 nafar referi boshqarib bordi. Toza o‘yin vaqtining foiz ko‘rsatkichlarini hisoblashda Liga 5 va undan ko‘proq uchrashuvda ishlagan hakamlarni tanlab oldi. 

Ular orasida Ilgiz Tantashev yetakchilikni saqlab qoldi. 13 ta bellashuvda ishlagan referi deyarli 58 foiz ko‘rsatkich qayd etgan. Bellashuvlar turli kayfiyat va sharoitlarda o‘tishi aniq. Biroq unga hakamlar ta’sirini inkor qilib bo‘lmaydi. Mazkur statistika nisbiy ahamiyat kasb etsa-da, yakunda Tantashev faoliyat olib borgan uchrashuvlarda futbol o‘ynash uchun ko‘proq imkoniyat bo‘lganini tushunish mumkin. 

9 ta uchrashuvda ishlagan Rustam Lutfullin bu borada eng past natija ko‘rsatdi — 49,4 foiz. Qolgan barcha referilar minimum 50 talik ko‘rsatkichga ilina olgan. Shuningdek, Akobir Shukurullayev (54,3), Asker Najafaliyev (54), Aziz Asimov (53,8), Ahrol Risqullayev (53,8), Abdurashid Xudoyberganov (52,7) Ravshan Abduvohidov (51,8), Komil Rasulov (50) kabilar yuqorida aytilganidek 50 foizdan yuqoriroq natija qayd etgan. 

Liga musobaqalardagi intensivlikni oshirish, futbolchilar, murabbiylar va hakamlarni toza hamda sog‘lom futbolga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, antifutbolga qarshi turli yo‘sinlarda kurashish ustida ishlamoqda. Shundan kelib chiqib, mazkur statistika bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etgan Ilgiz Tantashev Liga tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb