Andijon va Namangan futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari Liga ro‘yxatidan o‘tdi

Professional futbol klublariga qarashli futbol akademiyalaridan tashqari O‘FA hududiy akademiyalari ham MyLeague platformasidan ro‘yxatdan o‘tishi ma’lum qilingandi. Bu bilan Liga quyida masalalarni tartibga keltirishni rejalashtirgan:

•  U19 chempionati va uning ishtirokchilari;
•  OFK litsenziyalashining maktab/akademiya tarbiyalanuvchilari bo‘yicha talabi;
•  o‘z futbol maktabiga ega bo‘lmagan professional futbol klublari faoliyati;
•  Birinchi liga.

Ayni vaqtda O‘FA qoshidagi 14 ta futbol akademiyasi o‘z tarbiyalanuvchilarini Liga ro‘yxatidan o‘tkazmoqda. Ular orasidan Andijon va Namangan ishni to‘liq yakunlab, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012 yosh toifasidagi barcha tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatga qo‘shdi. Endilikda ular U19 chempionatida ishtirok etish yoki kelishuv bitimi asosida Birinchi ligada to‘p surish imkoniga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur masala Assotsiatsiya bilan alohida muhokama qilinadi.

Ma’lumot uchun, professional futbol klubi U10 — U17 yosh toifasi oralig‘ida o‘z tarbiyalanuvchilariga ega bo‘lishi shart. Hozirga qadar buni eplay olmagan futbol klubi Assotsiatsiyaga qarashli akademiya yoki futbol maktablaridan biri bilan shartnoma imzolashi kerak bo‘ladi. Unga qadar Superliga va Proliga ishtirokchisi bo‘lgan futbol klubining asosiy tarkibiga jalb qilingan yangi futbolchilar litsenziyasi berilmaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb