OFK CHL. Nasaf – Al Ayn uchrashuvini iordaniyalik hakamlar boshqaradi

Bilasiz, Nasaf jamoasi OFK Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida BAAning Al Ayn klubi bilan kuch sinashadi. 14-fevral kuni Qarshi shahrida kechadigan uchrashuvni iordaniyalik Adham Mahadmeh boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.

OFK Chempionlar ligasi. 1/8 final

14-fevral, chorshanba

Qarshi. Markaziy stadion

NASAF (O‘ZBEKISTON) – AL AYN (BAA)

Bosh hakam: Adham Muhammad Tumah Mahadmeh (Iordaniya)

Yordamchi hakamlar: Muhammad Mustafo Hassan Al Kalaf (Iordaniya), Ahmad Moannes Nadi Alroalle (ikkalasi Iordaniya)

Zaxira hakami: Mohanad Qosim Eesee Sarray (Iroq)

VAR: Abdulla Ali Al Marri (Qatar)

AVAR: Muhammad Ahmad Muhammad (Qatar)

Nazoratchi: Kvon Jong Chul (Koreya Respublikasi)

Komissar: Ali Jebril (Falastin)

Mahalliy media ofitser: Kamoliddin Abdullayev

Mahalliy bosh koordinator: Akmal Rahmatov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb