Superliga qur’asiga 1 kun qoldi

Ertaga — 4-fevral kuni Superliganing 2024-yilgi mavsumiga qur’a tashlanadi. Jarayonda Berger usuli qo‘llaniladi. 

Ikki klubning bir stadiondan foydalanishi 5 holatda kuzatiladi. Bu esa ikki klub o‘zaro juftlik hosil qilishiga olib keladi. Ya’ni, klublardan biri nominal mezbon bo‘lsa, ikkinchisi safarda to‘p surishi ta’minlanadi. 

Yuqoridagi juft klublardan biriga raqam tanlangach, ikkinchi jamoa avtomatik ravishda mos raqamga joylashtiriladi. Mazkur holatda qaysi raqamlar o‘zaro juftlik hosil qilgani quyidagi rasmda aniqlashtirib berilgan. 

Juftlik hosil qilgan umumiy 10 klub o‘z raqamlariga ega chiqqach, qolgan 4 ta klub ehtimoliy yuzlashishi mumkin bo‘lgan 4 ta raqam savatga joylanadi va shu tariqa barcha jamoa uchun raqam tanlanadi. Quyidagi rasmda 1-tur qanday ko‘rinishda bo‘lishi keltirilgan. Undan keyinroqda esa birinchi davraning barcha uchrashuvlari ko‘rsatilgan.


cola
apex
mib
mib
mib
mib