Proliganing besh stadioni maydonlari tekshirib chiqildi

29-yanvarga qadar Proliganing yangi mavsumi uchrashuvlarini qabul qilishi mumkin bo‘lgan stadionlarining maydoni o‘rganib chiqilishi aytilgandi. Liga vakillari Xorazm SM, Bahrom Vafoyev, G‘uzor Markaziy, O‘zbekiston va Qo‘qon Markaziy stadionlari maydonini borib o‘rgandi.

Endilikda avvaldan ma’lum qilingan talab bo‘yicha har bir stadion maydoni haqida batafsil ma’lumot mavjud. Shu asosda Liga futbol klublari bilan yil davomida ishlashda davom etadi. Tez orada qaysi stadionlar 2024-yilgi mavsum uchun qabul qilingani va qay biri talabga javob bermasligi yuzasidan ma’lumot taqdim etiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb