Liga mutaxassislari Pro liga maydonlarini ko‘zdan kechirishni boshlaydi

Ertaga — 23-yanvar sanasida Liga’ning maydonlar uchun javobgar mutaxassislari Xorazmga yo‘l oladi. Superliga maydonlaridan keyin navbat Pro liga maydonlariga etib keldi. 

Superliga maydonlari Liga tomonidan to‘liq tekshirib chiqildi

Reja bo‘yicha Liga tarkibi 26-yanvar kuni G‘uzor hamda Muborakda bo‘ladi. 29-yanvar sanasida esa Yaypan hamda Qo‘qondagi stadionlar ko‘zdan kechiriladi. Qizilqum Superliga uchrashuvlarini Buxoro SM’da o‘tkazishidan kelib chiqib, Buxoro SM avvalroq ko‘zdan kechirilgan. 

Aral 2024-yilgi mavsumda ham sun’iy maydonda o‘yin o‘tkazadi. Ammo mazkur yilda Nukusdagi Turon va yana bir maydonda ta’mirlash ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda Liga keyinroq ma’lumot beradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb