Pro liganing 5 ta klubi ish haqidan qarzdor emas

Superliga klublaridan keyin Liga Proliga klublariga oid ma’lumotni ham ochiqlaydi. 

Superliganing 8 klubi O‘FA talabi to‘liq bajarilganligini tasdiqladi

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Mash’al, Sho‘rtan, Qo‘qon-1912, Xorazm va Aral klublarida mehnat shartnomalarida ko‘rsatilgan oylik ish haqidan muammo mavjud emas. Mazkur klublar smetasi Superliga jamoalariga nisbatan sezilarli kam bo‘lsa-da, ish ayrim jamoalarga nisbatan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.

Buxoro klubi yetarli darajada axborot taqdim etmadi. Klub ish faoliyatida qator muammolar mavjud. Viloyatning boshqa bir jamoasi G‘ijduvonda ham qarzdorliklar mavjud. Shuningdek, klubga oid qator axborotni o‘rganish ishlari davom etayotgan bo‘lib, mazkur holat G‘ijduvon’ning Pro ligadagi ishtirokiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.  

Yunired jamoasida qarzdorlik mavjud. Klub ba’zi masalalarda oldinga qadam tashlagan, biroq O‘FA tomonidan qo‘yilgan talab yuzasidan muammolarga ega. Bu esa klubga nisbatan sanksiya qo‘llanishiga olib ketishi katta ehtimol. Masala 17-yanvar kungi tegishli qo‘mita yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. 

Andijon SGS faoliyatini to‘xtatgani yuzasidan Ligani xabardor qilgan. Bu masala yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi. Yangiyer Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, O‘FA tomonidan qo‘yilgan qator talablar bajarilmagan. Klub Liga bilan muntazam aloqada emas. Uning Pro ligadagi ishtiroki yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi. 

Turon moliyaviy qiyinchiliklar markazida ekani ma’lum. Mazkur klubning Pro ligada to‘p surishi masalasi aniq emas. Liga Turon masalasida qo‘shimcha axborot beradi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib