Bahrom Vafoyev stadioni projektorlari 1700 lyuksga yetdi

Litsenziyalash reglamentiga asosan stadionlar projektorini yaxshilash ishlari davom etadi. Navbat Muborak shahridagi Bahrom Vafoyev nomli stadionga yetib keldi. 

Proliga vakili Mash’al o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion yillar davomida normal projektor yorug‘ligiga ega emasdi. Kunlar isiy boshlagach, Muborak shahrida havo harorati nisbatan yuqori bo‘lishi ma’lum. Bu esa o‘z navbatida futbolchilar uchun qator muammolarni keltirib chiqaradi. 

Liga talabi bilan Bahrom Vafoyev stadioni projektorlari yangilandi. 2-yanvar kuni Liga mutaxassisi Muborak shahrida bo‘lib, yangilangan projektorlar taqdim etayotgan yorug‘lik ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritdi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda stadion o‘rtacha 1700 lyuks yorug‘likka ega. Biroq shartnomaga ko‘ra, projektorlarni o‘rnatish bilan shug‘ullangan kompaniya yorug‘lik 1800-2000 lyuks atrofida bo‘lishini ta’minlash kerak. Shundan kelib chiqib, Bahrom Vafoyev stadionida bu boradagi ishlar davom etadi. Mavsum startiga qadar Liga projektorlarni yana bir bor ko‘zdan kechiradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb