Navbahor, Mash’al va Yangiyer yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi

O‘FA Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi Navbahor, Mash’al, Yangiyer futbol klublariga futbolchi va murabbiylar oldida yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha muddat belgilagandi. Shunga qaramay, mazkur klublar qaror ijrosini o‘z vaqtida bajarmadi. 

Jumladan, Navbahor Xurshid Xo‘jayev va Rustam Ashurmatovdan, Mash’al Xudoyor Sagdullayevdan, Yangiyer esa murabbiy Azamat Abduraimov va futbolchi Sarvar Husanovdan qarzdor. Shundan kelib chiqib, mazkur klublarga nisbatan “Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglamenti”ning 12bis-moddasi 6-bandidan kelib chiqib, intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Endilikda bu klublar yangi futbolchini Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb