O‘zbek klublari delegatsiyasi “Galatasaroy” ish faoliyatini o‘rgandi

O‘zPFL va Turkiya klublar birligi o‘zaro hamkorlikda o‘zbekistonlik futbol mutaxassislarini turk klublari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ayni kunlarda Istanbulda o‘quv seminari tashkil etmoqda.

Hozirga qadar klublarimiz vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya klublar birligi va “Fenerbahche” klublari tuzilmasi bilan tanishtirilgan edi. Bugun o‘zbek mutaxassislarini “Galatasaroy” klubi qabul qildi.

Dastlab klubning tashkiliy tuzilmasi, “Galatasaroy”ning marketing va muxlislar bilan ishlash bo‘yicha strategiyasi, homiylar bilan amalga oshiriladigan tadbirlar dasturi, chiptalar savdosi qanday yo‘lga qo‘yilgani, shuningdek klubning o‘yinchilar selektsiyasini qanday olib borishi xususida taqdimotlar o‘tkazildi. Ayniqsa, mazkur klubning tijoriy masalalar bo‘yicha direktori, jahon sportining eng oldi marketing mutaxassislaridan biri sanaladigan Nachi Jansun o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, soha bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Qolaversa, “Galatasaroy” klubi o‘yin kungi uchrashuvning tashkiliy ishlari qanday kechishi bo‘yicha ham o‘z ish jarayoni bilan batafsil tanishtirdi. Xususan, o‘zbekistonlik mutaxassislar Turkiya Superligasi doirasidagi “Galatasaroy” – “Adana Demirspor” uchrashuvi oldidan o‘yinning tayyorgarlik jihatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb