Aleksandr Krestinin: Superliganing darajasi yuqori. Bu yerda oson yo‘q

Coca-Cola Superliga 26-turidan o‘rin olgan Paxtakor – Bunyodkor (2:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘ylashimcha, o‘yin juda ham qiziqarli va gollarga boy bo‘ldi. Sifatli futbol guvohi bo‘ldik. Ko‘pchilik mazkur o‘yinni televizor orqali tomosha qilib, zavq olgan.

O‘zbekiston chempionati yuqori darajada. Eng qiyin bahs haqida gapiradigan bo‘lsam, Qarshidagi uchrashuv va bugungi o‘yin qiyin bo‘ldi. Umuman olganda, oddiy o‘yinlarning o‘zi yo‘q.

U qadar yomon natijalar ko‘rsatmadik, deb o‘ylayman. Ko‘proq ochko yig‘dik va jamoaning o‘yin uslubi o‘zgardi. Endi kelgan paytimda yigitlarga o‘yin uslubimga moslashishi uchun vaqt kerak edi va futbolchilar buni uddaladi. O‘z ishimni juda yaxshi baholayman”, – dedi Krestinin.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib