Pro ligaga o‘tish o‘yini Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tadi

Birinchi liga reglamentidan kelib chiqib, mazkur musobaqada g‘olib chiqqan Yangiyer klubi 2024-yilgi mavsum Pro liga yo‘llanmasi uchun Birinchilik kubogini qo‘lga kiritgan Bunyodkor Farm jamoasiga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Mazkur bellashuv avval e’lon qilinganidek, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 15:00 da start oladigan uchrashuvga Bunyodkor stadioni mezbonlik qiladi.

Pro ligaga o‘tish o‘yini

30-noyabr, payshanba

15:00 BUNYODKOR FARM YANGIYER

Toshkent. Bunyodkor stadioni

mib
uzcard
cola
apex
bmb