Sergey Arslonov: Tanaffusdan keyin o‘yinning borishi o‘zgarib ketdi

Coca-Cola Superliga 21-turidan o‘rin olgan Surxon – Olimpik (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Olimpikni kuchli shakllangan, shijoatli jamoa ekanligini bilardik. Ular nafaqat yoshlardan tashkil topgan jamoa, balki klubning murabbiylar shtabini ham alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Birinchi taymda ham yaxshi harakat qildik, deb o‘ylayman. Ikkinchi bo‘limda ham kichik imkoniyatlardan foydalanishga intildik. Tanaffusdan keyin o‘yin surati butunlay o‘zgarib ketdi. Ancha jangovar o‘yin ko‘rdik. Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, xavfli vaziyatlar ko‘proq raqib darvozasi oldida yuz berdi. Biz ko‘zlagan maqsadga erishdik.

Shamsievning jarohati jiddiy va tiklanish jarayoni uzoqlashib ketayotganidan xavotir olyapmiz. Sultonmurodovda ham jarohat bor, lekin u tez orada taxminan ikki xaftalarda safga qaytadi, deb o‘ylayman

Imkon qadar tajribali o‘yinchilar bilan hamoxang ravishda yoshlarni tarbiyalash, ularni tarkibga qo‘shish, klubimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Biz tarbiyalayotgan yigitlar kelajakda grand jamoalarimiz va xorij jamoalarida o‘ynash uchun tramplin vazifasini o‘tab beradi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, yoshlarga ko‘proq e’tibor qaratish va tajribali o‘yinchilar yordamida mahoratini oshirish ustivor vazifalarimiz qatoriga kiradi.

Agar ritm haqida ta’kidlaydigan bo‘lsak, buni turlicha tushunish mumkin. Masalan, to‘p maydondan chiqib ketganida bu o‘yin ritmiga yomon ta’sir qiladi. Qolaversa, o‘yin sifatiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Futbolchilarimizga o‘yinni cho‘zish, ritmni tushirish kabi tushunchalarni bermaymiz va o‘rgatmaymiz. Tezkor o‘yinni, to‘p maydon ichida bo‘lishini ko‘proq o‘rgatamiz. Falsafamiz maydonda ko‘proq harakat qilish va Surxon’dagi yoshlarga o‘ynash uchun imkoniyat yaratib berish hisoblanadi”, – dedi Arslonov.

mib
uzcard
cola
apex
bmb