Qo‘qon-1912 — Mash’al o‘yini Olmaliqda o‘tkaziladi

Superliga yo‘llanmasi uchun harakat qilayotgan Mash’al bir necha daqiqa avval Qashqadaryoning boshqa bir klubi Sho‘rtan ustidan zafar quchib, pley-offning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi. Shu tariqa Sho‘rtan 2024-yilgi mavsumni ham Proligada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Endilikda Mash’al navbatdagi bosqichda mavsumni kuchli uchlikda yakunlagan Qo‘qon-1912 klubiga qarshi kurash olib borishi kerak. Mazkur bellashuv 22-noyabr — chorshanba kuni Olmaliq shahridagi OKMK stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 15:00 da start oladi.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb