“Mash’al” va “Sho‘rtan” o‘rtasidagi pley-off o‘yini Qarshida o‘tkaziladi

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 7.4-bandiga ko‘ra, mavsum yakuniga ko‘ra Proligada 4 hamda 5-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan “Mash’al” va “Sho‘rtan” jamoalari Superliga yo‘llanmasi uchun dastlabki pley-off o‘yinida maydonga tushishi kerak. 

Liga har ikki jamoaga qulaylik yaratish maqsadida pley-off uchrashuvini Qarshi shahrida o‘tkazish yuzasidan “Nasaf” futbol klubi bilan kelishuvga erishdi. Bellashuv 15-noyabr kuni soat 15:00 da start oladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb