OFK ChL. “Navbahor” – “Nassaji Mozandaron” uchrashuvini qatarlik hakamlar boshqaradi

“Navbahor” jamoasi 23-oktyabr kuni OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida Eronning “Nassaji Mozandaron” klubini qabul qiladi. Mazkur bellashuvda qatarlik Salmon Ahmad Falahi boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.

OFK Chempionlar ligasi. 3-tur

23-oktyabr, dushanba

Namangan. Markaziy stadion

NAVBAHOR (O‘zbekiston) NASSAJI MOZANDARON (Eron)

Bosh hakam: Salmon Ahmad Falahi (Qatar)

Yordamchi hakamlar: Ramzan Said Al Naemi, Majid Hudaires Alshammari (ikkalasi Qatar)

Zaxira hakami: Xettikankanamge Krishanta Dilan Perera (Shri Lanka)

VAR: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar)

AVAR: Muhammad Ahmad Muhammad (Qatar)

Nazoratchi: Solih Muhammad Abdulla Hasan Al Marzuqi (BAA)

Komissar: Mindu Dorji (Butan)

Mahalliy media ofitser: Akmal Rahmatov

Mahalliy bosh koordinator: Jahongir Rahmatullaev.

mib
uzcard
cola
apex
bmb