Birinchilik kubogi 14-oktyabr kuni start oladi

“Birinchi liga reglamenti”ga ko‘ra, musobaqa yakunidan keyin Birinchilik kubogi start olishi belgilab qo‘yilgandi. Nurafshon va Yangiyo‘l jamoalari muddatidan oldinroq Birinchi ligadan chiqib ketgan bo‘lsa, umumiy ish faoliyati o‘rganilganidan keyin yana uch klub musobaqalarga qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Natijada Birinchilik kubogida reglamentda ko‘rsatilgani kabi 16 ta emas, 12 ta jamoa ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu esa Liga tomonidan “Birinchi liga reglamenti”ga qo‘shimcha kiritishga olib keldi.

Endilikda Birinchilik kubogida 12 ta jamoa 4 ta guruhga ajratib olinadi. Ya’ni, egallagan o‘rnidan kelib chiqib, dastlabki to‘rt jamoa birinchi savatni va mos ravishda keyingi to‘rtliklar ikkinchi va uchinchi savatni tashkil qiladigan bo‘ldi. Shu tariqa o‘zida 3 tadan jamoani tashkil qilgan 4 ta guruh hosil qilinadi.

Guruh bosqichida jamoalar o‘zaro uy-safar tizimida jami 4 tadan bellashuvda ishtirok etadi. Yakunda guruh g‘oliblari yarim final chiptasiga ega chiqadi va qur’a yordamida o‘z raqiblarini aniqlab oladi. Final bellashuvi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichiga bugun — 9-oktyabr kuni soat 17:00 da qur’a tashlanadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb