Ulug‘bek Baqoyev: “Neftchi" bugun bizga imkoniyat qoldirmadi

Coca-Cola Superliga 20-turida safarda “Neftchi”ga mag‘lub bo‘lgan “Buxoro” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

“O‘yinni juda yomon boshladik. Tezkor gol o‘tkazib yubordik. Keyin yana bitta gol. “Neftchi”dek jamoaga qarshi bunday hisob bilan o‘yinni davom ettirish qiyin, albatta. Nima ham derdim, bu futbol. Bizning hozirgi darajamiz shunday”, - dedi Baqoyev.

“Neftchi” bugun bizga imkon qoldirmadi. Deyarli o‘ynashga imkon bermadi. Biz yutish uchun kelgandik. Ammo, raqib kuchlilik qildi”.

mib
uzcard
cola
apex
bmb